Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetiga Moskva davlat universiteti professori Mixail Mazirov tashrif buyurdi. Rossiyalik professor fakultet talabalariga bir o‘quv yili davomida organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligida ilmiy tadqiqot uslublari fanidan onlayn dars o‘tgan bo‘lib, bugun ushbu fan bo‘yicha yakunlovchi ma’ruza hamda fakultet professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirokida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda SamDU magistrlarining tadqiqotlarini Rossiyada davom ettirish, shuningdek, navbatdagi o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshlaydigan Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutiga Moskva davlat universiteti professorlarini jalb qilish bo‘yicha takliflar almashildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.