Samarqand davlat universitetiga AQSH ning nufuzli “Forbes” jurnali muharriri Melik Kaylan, Nyu York shahri deputati Ari Kagan, “The Bukharian Times” gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalov va jurnalist Issakson Endi Samuellar tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Hakim Xushvaqtovlar qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad, O’zbekiston madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, xususan, Samarqand davlat universiteti, uning xalqaro hamkorlik aloqalari to’g’risida publistik maqolalar tayyorlash. Shuningdek, Buxoro va Samarqandni tamomlagan yahudiy bitiruvchilari bazasini tuzish, shu orqali AQSH da “Vatandoshlar” assotsiatsiyasini shakllantirib, ular haqida “The Bukharian Times” gazetasida doimiy maqolalar e’lon qilish nazarda tutilgan…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.