Samarqand davlat universitetining Turkiya oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalari o‘zbek-turk munosabatlarining yorqin bir misoli sifatida an’anaga aylanib borayotgan do‘stlik rishtalarini yuksaltirish sari munosib qadam bo‘lishiga ishonaman. “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” xalqaro anjumani ushbu ikki buyuk tarixiy shaxslarning yashab o‘tgan davrini yoritish, ular hukmronlik qilgan davrdagi xalqaro munosabatlar, ilm-fan,  madaniyatini o‘rganishda tub burilish yasaydi.  Anjuman ishtirokchilari Amir Temur va Yildirim Boyazid portretlariga chizgilar, ikki davlatdagi ijtimoiy- iqtisodiy tizim, huquqiy institutlar va davlat boshqaruv faoliyati, harbiy san’ati, me’morchiligi,  adabiy merosi, islom sivilizatsiyasidagi tasavvuf ilmi, shu davr  san’at namunalari kabi mavzularda ma’ruzalar qilinishi kutilmoqda.