Samarqand davlat universiteti Inson resurslarini boshqarish fakultetiga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg politexnika universiteti Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo instituti  yetakchi professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni Samarqand davlat universitreti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan maqsad rossiyalik olimlarning fakultet professor-o‘qituvchilarini 144 soatlik "Menejer 3.0: zamonaviy inson resurslari menejerining kompetensiyalari" malaka oshirish o‘quv dasturini amalga oshirishdir.

    Malaka oshirish o‘quv dasturlari Inson resurslarini boshqarish fakultetining 15 nafar professor-o‘qituvchisi uchun 2022-yil 26-sentyabrdan 21-oktyabrgacha tashkil etilgan bo‘lib, birinchi bosqichi onlayn rejimida o‘tkazilgan. Endilikda tinglovchilar dasturning ikkinchi bosqichini offlayn tizimida tinglashmoqda.

    Malaka oshirish kurslari so‘ngida tinglovchilar “Menejer 3.0” bo‘yicha xalqaro darajadagi diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

    Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg politexnika universiteti Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo instituti  yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘takazilayotgan bunday malaka oshirish dasturlarini kelajakda davom ettirish maqsadida Samarqand shahridagi boshqa oliy ta’lim muassasalarini ham jalb qilish ko‘zda tutilgan.  

    Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg politexnika universiteti Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo instituti  professor-o‘qituvchilari hamda SamDU Inson resurslarini boshqarish fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Transformatsiya davrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida ikkala davlatning kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirishdagi muammolari va ularning yechimi yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi…

Самарқанд давлат университети 
Ахборот хизмати.
Шавкат Акрамов олган суратлар.