Samarqand davlat universiteti olimlari Italiyaning Boloniya universiteti bilan qanday kelishuvlarga erishmoqda?

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabovlar agrar sohaga oid xorij tajribasini o’rganish va kelishuvlarga erishish maqsadida Italiyada bo’lib turibdi.
Olimlar Italiyaning Boloniya universiteti va Samarqand davlat universiteti hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida bir qator muzokaralar qilmoqda…
Jumladan, Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabalari Bolonya universitetining Aniq koordinatali va barqaror qishloq xo‘jaligi (Precise and Sustainable Agriculture) hamda Bog‘dorchilik ilmlari (Horticulture Sciences) magistratura mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu borada olimlar Bolonya universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan muzokaralar olib borib, dasturni yo‘lga qo‘yishning talablari va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yuqoridagi xalqaro dasturlar bo‘yicha ekspertlar Claudio Ratti va Luca Dondinilar bilan ham alohida muzokaralar olib borildi.
Ekspertlar ushbu zamonaviy agrar ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash uchun ikki universitetda ham yetarlicha imkoniyat va qiziqish mavjud ekanligini alohida e’tirof etdi.
Muzokaralar davomida yuqoridagi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash uchun maxsus kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.