Jamoaviy monografiya: "Hudud iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nazariy va amaliy masalalari (Toyloq tuman misolida)"

Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Hudud iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nazariy va amaliy masalalari (Toyloq tuman misolida)" nomli jamoaviy monografiya nashr etildi...
Ushbu jamoaviy monografiyada hududiy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning nazariy asoslari, shuningdek, Samarqand viloyati Toyloq tumani miqyosida 2030-yilgacha rivojlantirish istiqbollarini belgilash mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida hudud iqtisodiyotini holati o‘rganilib, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi, investitsiya va tashqi savdo aloqalari holati tahlil qilinib, rivojlantirish nuqtalari aniqlandi.
Toyloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Monografiya talabalar, magistrlar, iqtisodchi-o‘qituvchilar, doktorantlar, korxona rahbarlari, tadbirkorlar, shuningdek, prognozlashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.