Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetiga Turkiyaning Afyon Kojatepa universiteti professorlari Ibrohim Erol va O’mer Hazmanlar tashrif buyurdi.

    Bundan asosiy maqsad kimyo sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, SamDU kimyo fakulteti ilmiy laboratoriyalari bilan tanishish va talabalarga ta’lim berishdir. Shuningdek, kimyo fakulteti magistr va doktornatlarining ilmiy ishlarini o’rganish hamda grant-loyihalar ishlab chiqish bo’yicha kelishuvga erishish ham rejalashtirilgan.

    - Samarqand davlat universiteti kimyo sohasida bir qator ilmiy ish va loyihalarni amalga oshirish maqsadida Turkiyaning Afyon Kojatepa universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan, - deydi dotsent Noryigit Musulmonov. – Turkiyalik professor hamkasblarimiz dunyo tan olgan eng kuchli kimyogar olimlar hisoblanadi. Ibrohim Erolning polimerlar kimyosi va O’mer Hazmanning bioorganik kimyo bo’yicha ilmiy ishlari Scopus bazasiga kiruvchi h-indeksi 23 va 17 ekanligi ham buning isbotidir. Ayni paytda olimlar Innovatsion rivojlanish vazirligi va TUBILAK (Turkiyaning ilmiy tadqiqot loyihalarini qo’llab-quvvatlash markazi) bilan hamkorlikda e’lon qilingan grant-loyihalar bo’yicha izlanishlar olib bormoqda…

 

    Behruz Shamsiddinov
    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati xodimi,

    Shavkat Akramov olgan suratlar.