Qardosh xalqlar do’stligi

Turkiy davlatlar tashkilotining Alp Er Tunga, ya’ni Samarqandda o’tkazilishi tarixiy haqiqat. Chunki bu shahar tarixdan qolgan meros bilan madaniyat markazi sifatida asrlar davomida ilm-fanga mezbonlik qilgan. Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor madrasalari hali ham vaqtga qarshi turuvchi muhim madaniy va ma’naviy obida sifatida O‘zbekistonning sivilizatsiya beshigi ekanligini butun dunyoga eslatib turadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan, strategik, muhim lokomotiv davlatdir. Shu munosabat bilan sammitga raislik qilayotgan O‘zbekistonning 2019-yilda Turkiy davlatlari tashkilotiga a’zo bo‘lishi uzoq istiqbollni ko‘zlagan siyosatning amalga oshirish mahsulidir, deb o‘ylayman.
Ushbu tashkilotning ta’sis missiyasi va asosiy tamoyillari Turk davlatlari oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy va global tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshish, faol tashqi siyosat yuritish, insoniyatni kutayotgan muammolarga yechim izlash, siyosiy qadriyat yaratish, iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, ta’lim, ommaviy axborot vositalari, yoshlar va sport kabi ko‘plab sohalarda birgalikdagi faoliyatni davom ettirishni ta'minlash sifatida sanab o‘tish mumkin.
Mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi eng muhim masala transport va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda Turkmanistonning tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish jarayonidir. Aslini olganda, Turkiya tomoni Samarqandda aʼzo davlatlar bilan imzolaydigan shartnomalardan biri Transport aloqasi dasturi va Turkiya sarmoya jamgʻarmasi hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordenini topshirilgani ikki qardosh davlatning bir-biriga bo‘lgan chuqur hurmatining yana bir belgisidir.
O‘zbekiston geostrategik joylashuvi, chuqur ildizlarga ega tarixi va boy madaniy qadriyatlari bilan umumiy alifboshunoslik orqali ushbu tashkilotning asosiy maqsadlarini amalga oshirishda faol rol o‘ynaydi. Kelajak madaniy qadamlar asosida shakllantirilishiga va Turkiy davlatlari tashkiloti bayrog‘i ostida mustahkam birodarlik rishtalari yangi miqyoslarga ega bo‘lishiga to‘liq ishonaman. Birligimiz abadiy bo‘lsin...
Emrah Yilmaz,
Samarqand davlat universiteti
o’zbek tilshunosligi kafedrasi tadqiqotchisi