O’quv qo’llanma: "Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar"…

Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi o'qituvchisi Shokir To'ramqulovning "Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar" nomli o'quv qo'llanmasi nashr etildi...
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma barcha bakalavriyat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv rejaga muvofiq o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘rta umumta’lim maktabi, litsey va kollejlardagi o‘qitiladigan biologiya, gigiyena, ekologiya, odam va uning salomatligi fanlaridan umumiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalari evolyutsiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o‘zaro munasabatlari va ular o‘rtasida bog‘ lanish sabablarini aniqlab beradi. Yosh fiziologiya va gigiyenasi-umumiy fiziologiyaning bir qismi bo‘lish bilan birga, tibbiyotda o‘rganiladigan gigiyena va sanitariya fani sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Atrof muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o‘rganadi va o‘sayotgan avlodning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan mo'tadil o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha fiziologik va biokimyoviy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.