Bugun, 16-dekabr kuni Samarqandda ob-havo iliq bo'ladi

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.