Bugun, 21-dekabr kuni Samarqandda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.