Samarqand davlat universitetiga Berlin texnika universiteti (Germaniya) Mexanika institutining direktor o‘rinbosari, professor Valentin Popov tashrif buyurdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar o’rtasida xalqaro va ilmiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishdir.

    Valentin Popov SamDU Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan tanishib, unda olib boriladigan tadqiqotlar nafaqat O’zbekiston, balki jahon ilm-fani uchun xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ilmiy laboratoriyalar faoliyatiga yuqori baho berib, hamkorlikda istiqbolli ishlarni amalga oshirishiga ishonch bildirdi.

    Tashrif davomida xorijlik olim SamDU professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalariga  Berlin texnika universiteti bo’yicha batafsil ma’lumot berdi…

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.