Germaniyalik talabalar
Samarqand davlat universitetining yozgi maktabida tahsil olishdi…
Samarqand davlat universitetiga yozgi maktab doirasida tashrif buyurgan Germaniyaning Berlin texnika universiteti talabalari uch haftalik o’quv kursini yakunladi. Ushbu vaqt mobaynida 15 nafar germaniyalik talabalar yurtimiz madaniyati, tarixi, qadriyat va urf-odatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, rus tili bo’yicha seminar darslarda ishtirok etdi. Xorijlik talabalar SamDU yozgi maktabida o’qiganligi uchun sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
- Samarqandga birinchi bor tashrif buyurishim. Men Samarqand haqida eshitgandim, lekin ko’p ma’lumotga ega emasdim, - deydi Germaniyaning Berlin texnika universiteti talabasi Angelina Yashina. – Shahringiz menga juda yoqdi. Milliylik, insoniylik a’lo darajada. Xalqingiz mehmondo’st, insonlari bir-biriga juda g’amxo’r. Qadriyat va urf-odatlarini yo’qotmagan holda an’analarini davom ettirib kelmoqda. Ayniqsa, Navro’z bayrami men uchun esda qolarli bo’ldi. SamDU haqida gapiradigan bo’lsam, bu yerda eng yaxshi imkoniyatlar mujassam. Qisqa vaqt mobaynida universitet haqida ko’p ma’lumotlarni bilib oldim. Talabalarning o’qishidan to yashashigacha barcha sharoitlar a’lo darajada yaratilgan. Ayniqsa, universitetdagi muzeylar menga juda yoqdi. Zoologiya muzeyi bilan tanishganimda, o’zimni hayvonot olamiga tushgandek tasavvur qildim. Germaniyaga qaytganimda Samarqand va universitet haqidagi xotiralarimni yaqinlarim bilan bo’lishaman. Bizga barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berganligi uchun SamDU rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.