Samarqand davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Shohista Jumanova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish” tanlovida gʻoliblikni qo’lga kiritgan.

         Doktorant ushbu grant dasturi asosida Fransiyaning Puate universiteti, FoeLLIS ilmiy tadqiqot institutida izlanishlarini davom ettirmoqda.

         Ayni vaqtda Shohista Jumanova qiyosiy adabiyotshunoslik ixtisosligi bo’yicha Oksford universiteti professori Raymond Jozef Hoffmann hamda SamDU ingliz tili kafedrasi dotsenti Shahnoza Xushmuradovalar ilmiy rahbarligida tadqiqot olib bormoqda.

          Samarqand davlat universiteti

         Axborot xizmati.