Ilmiy faoliyat…
Samarqand davlat universiteti Yadro fizikasi va astronomiya ilmiy o'quv laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Akbar Alibekovning “Neutron activation analysis of archaeometallurgical ancient artifacts found in Uzbekistan” nomli maqolasi Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi “Journal of Radioanalytical and Nuclear Chemistry” jurnalida [Q2, Impact Factor=1.754, Cite Score=2.5] e’lon qilindi.
Maqolada O’zbekistondagi o’rta asrlarga oid “Eski Xovos” aholi punktida arxeologlar tomonidan topilgan qadimgi metallurgiya shlaklari va artefaktlar tarkibidagi 34 element miqdorlari neytron aktivatsion usuli yordamida o‘rganilgan. Ushbu ma’lumotlar O’zbekiston arxeologlari uchun muhim bo’lib, o’rta asrlardagi artefaktlarning ishlab chiqarilishi va davr texnologik yutuqlarini o’rganish imkonini beradi.
Maqola Yadro fizikasi va astronomiya ilmiy o'quv laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Iosif Sharonov rahbarligidagi Yadro fizikasi metodlarining arxeologik izlanishlarda qo’llanishiga bag’ishlangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.