Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti dotsenti Zahro Mahmudovaning tavallud topgan kuni.
Genetika va biokimyo kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Zahro Mahmudova Samarqand shahrida tug’ilgan. 83 yoshni qarshi olgan olima, 60 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi