Samarqand davlat universitetida ZOOStan – Markaziy Osiyoni o‘rganish arxeologik markazining xalqaro tadqiqot laboratoriyasi rahbari, professor Uilyam Rendu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida arxeologiya va uning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda O‘zbekiston va Fransiya hududida qo‘shma arxeologik qazishmalar tashkil etish va amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik xalqaro ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, talabalarning amaliy bilimlarini oshirish hamda O‘zbekiston va Fransiya olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.