Samarqand davlat universitetida “Terminologiya va dialektologiyaning zamonaviy masalalari” nomli ilmiy anjuman o’tkazildi…
Ushbu konferensiya filologiya fanlari doktori, professor Murodqosim Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag’ishlanadi.
Ilmiy anjuman SamDU, Vazirlar mahkamasi huzuridagi O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi, O’zbek shevashunosligi markazi, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyat hududiy bo’linmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori, dotsent Inomjon Azimov, professorlar Ibodullo Mirzayev, Samixon Ashirboyev, Abdulhay Sobirovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.