Samarqand davlat universiteti olimlari xalqaro grant sohibi bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti professori Akmal Axatov, maxsus huquqiy fanlar kafedrasi dotsentlari Zokir Quvondiqov va Irina Filipovalar “Erasmus+Jean Monnet” nomli xalqaro grantga ega bo’ldi. Mazkur grant dastur “Sun’iy intellektni tartibga solish: Markaziy Osiyo uchun Yevropa yondashuvi” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu grantning qiymati 30 ming yevroni tashkil etib, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi koʻmagida moliyalashtiriladi.
Grant shartnomasi ta’lim, audiovizual va madaniyat ijrochi agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi komissiyasi va Samarqand davlat universiteti tomonidan berilgan vakolatlar asosida tuzilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.