Samarqand davlat universitetida Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo’shma laboratoriyalar tashkil etiladi…
Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisa taklifiga binoan mazkur universitetga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda SamDU Biokimyo instituti hamda Shinjon tibbiyot universitetining Farmatsevtika institutlari o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. SamDU Bikimyo institutida tibbiy kimyo, organik sintez va tibbiy biologiya sohalari bo’yicha qo’shma laboratoriyalar tashkil etishga kelishildi.
Shuningdek, tomonlar o’rtasida professor-o’qituvchilar alamashinuvi yo’lga qo’yish, Biokimyo instituti tadqiqotchi va talabalarini farmatsevtika, kimyo va botanika yo’nalishlari bo’yicha stajirovkalarga yuborish to’g’risida fikrlar almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.