Samarqand davlat universitetida "Bitiruvchilar assotsiatsiyasi" tashkil etildi…
Samarqand davlat universitetida mazkur assotsiatsiyaning ilk yig’ilishi o’tkazildi. Anjumanda SamDU prorektorlari Ahmadjon Soliyev, Hakim Xushvaqtov, Akmal Axatov, Transformatsiya ofisi rahbari Nazish Khan, professor Mo’min Qodirov hamda SamDU bitiruvchilari ishtirok etdi.
Anjumanni SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev kirish so’zi bilan ochib, assotsiatsiyasining vazifalari va maqsadi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, SamDU BA ning prezidenti va vitse-prezidentlari ovoz berish yo’li bilan saylandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.