Xalqaro seminar: “Iqlim o’zgarishining Markaziy Osiyo modelini yaratish”
Samarqand davlat universitetida o’tkazilgan mazkur xalqaro seminar BMTning CORDEX dasturi hamkorligida tashkil etildi.
CORDEX - global ishish davrida jahon iqlim tadqiqotlari dasturi tomonidan mintaqaviy iqlimni pasaytirishni baholash va takomillashtirish uchun tashkil qilingan loyiha.
Seminarning asosiy maqsadi mintaqaviy va mahalliy iqlim hodisalarini, ularning oʻzgaruvchanligi va oʻzgarishlarini pasaytirish, mintaqaviy va mahalliy iqlimni pasaytirish modellari va usullarini baholash hamda takomillashtirishdan iborat. Shuningdek, dunyo boʻylab muvofiqlashtirilgan mintaqaviy prognozlar toʻplamini ishlab chiqish, mintaqaviy iqlim ma’lumotlari foydalanuvchilari bilan muloqot qilish va bilimlar almashishni rivojlantirishga qaratilgan.
Xalqaro seminarda Kanada, AQSH, Braziliya, Ozorbayjon, Argentina, Shvetsiya, Pokiston kabi davlatlardan 20 ga yaqin olimlar ishtirok etishdi. CORDEX dasturi a’zolari Kanadaning Global bolalar salomatligi markazi katta ilmiy xodimi Shavkat Ali, Brazilyaning Itajuba universiteti professori, atmosferik fanlar boʻyicha mutaxassis olim Mishel Reboita, Xitoy fanlar akademiyasi Tibet platosi tadqiqot institutining professori Ai Likun, Pokiston Global o’zgarishlar taʼsirini oʻrganish markazi bosh ilmiy xodimi Muhammad Arif Goheer, CORDEX loyihasi direktori Irene Lake anjuman doirasida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.
Seminar yakunida soha mutaxassislari bilan xalqaro loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga, yosh ilmiy tadqiqotchilarga global iqlim o’zgarishi modellarni yaratish bo’yicha masofaviy o’quv kurslarini tashkil qilishga kelishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.