Xalqaro hamkorlik

Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, professor Aminjon Aymatov va Sardor Abdullaev Rossiyaning RUDN Xorijiy tillar institutida bo‘lib o‘tgan “IX Всероссийская студенческая научно-практическая конференция с международным участием” xalqaro talabalar konferensiyasining plenar majlisida ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida magistratura bo‘yicha qo‘shma diplomlar, yozgi maktablar uchun hamkorlik shartnomalari, doktorantura dasturlari va qo‘shma ilmiy nashrlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fakultet talabalari konferensiya doirasida onlayn taqdimotlar o‘tkazib, o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.