Samarqand davlat universiteti tadqiqotchilari suv havzalari bo'ylab ekspeditsiyalar uyushtirmoqda…
Samarqand davlat universiteti tadqiqotchilari Sulton Suyarov, Omon Mirzamurodov, Xayrullo Solijonov, Xurshid Izzatullayev, Farrux Umarov va Aliyor Rahmonovlar O'zbekiston suv havzalari bo'ylab izlanishlar olib bormoqda.
Mazkur ekspeditsiya SamDU professori Zuvayd Izatullayev rahbarlik qilayotgan “O’zbekiston zuluklari (Hirudinea): turlar tarkibi, bioekologik xususiyatlari, suv tiplarida tarqalishi, xo’jalikdagi ahamiyatini o’rganish va noyob turlarni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish" mavzudagi amaliy loyiha doirasida o’tkazilmoqda.
Tadqiqotchilar Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog’iston, Toshkent, Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo hudularida izlanishlar olib bormoqda.
Ekspeditsiyalar davomida zuluk namunalari yig'ilib, biotop xususiyatlari tadqiq etilmoqda. Shuningdek, zuluklarning tarqalishiga oid GIS xaritalari ishlab chiqilmoqda.
Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Samarqand davlat universitet
Axborot xizmati.