Tadbir avvalida ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan institutda bo‘lishdi. O‘quv jarayonlari, muzeylar, kutubxonalar, institut kampuslari, oranjeriya, laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.           

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov g‘oyasi asosida yaratilgan film ota-onalar eʼtiboriga havola qilindi. Filmda oddiy oiladan chiqib, bilim, taʼlim olish orqali yuqori natijalarga erishgan qahramonlarning hayot yo‘li aks ettirilgan.  

    “O‘zingizga ishoning! Siz ular kabi kuchlisiz. Bilim egallang. Umidsizlikka tushmang. Faqat oldinga, faqat olg‘a…” shiori asosida tayyorlangan mazkur film tadbir ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti birinchi prorektorlari Ahmadjon Soliyev hamda Rustam Yo’ldoshevlar so’zga chiqib, ota-onalar bilan muloqot qildi. Universitetda o’qitish va baholash tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi. Chet tillarini puxta o’rganish lozimligini ta’kidlab, ota-onalarni doimiy hamkorlikka chorladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.