Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutining tantanali ochilish marosimi davom etmoqda
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/6263960c19cc6-6263960c19cc9-6263960c19cca-6263960c19ccb.jpg)
Tadbirni filologiya fanlar doktori, professor, Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi Jo‘liboy Eltazarov kirish so‘zi bilan ochdi.
Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot institutining ochilishi bilan barcha ishtirokchilarni muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tabrigi o‘qib, eshittirildi.