Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo fanlar nomzodi Zulfiya Murodova talabalarga “Gazlar analizi”, “Analitik kimyo”, “Atrof-muhit analizi” kabi fanlardan dars beradi. Shu kunga qadar 120 dan ortiq maqolalari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarida chop etilgan. Germaniya, Avstriya, Ukraina, shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Volgograd kabi shaharlarida nufuzli xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan. “Газовый анализ” nomli monografiyasi Germaniyada nashr etilgan. Bundan tashqari, “Sifat analizi”, “Gazlar analizining kimyoviy usullari” kabi o‘quv-qo‘llanmalar muallifi. Tadqiqotlarida “Gaz-bug‘ aralashmasi tarkibidagi etil spirtini aniqlovchi sensor yaratish” bo‘yicha tajribalar olib borgan.  

    – Etanol keng tarqalgan zaharli va psixoaktiv modda, - deydi Zulfiya Murodova. -  Uning  havodagi aralashmasi portlovchan xususiyatga ega. Shu sababli gaz muhitidagi etil spirti miqdorini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Tajribalarda etil spirtini aniqlovchi sensor uchun selektiv katalizatorlar tanlash maqsadida bir qator moddalarning oksidlanish jarayonidagi aktivligi va selektivligini o‘rganishga harakat qildim.

 

Iroda Bekmurodova

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.