Talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati jinoiy ishlar bo’yicha sudi mas’ullari, universitet professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Samimiy muloqot davomida yoshlarni ko’proq badiiy kitob o’qishga, bo’sh vaqtini mazmunli, chet tillarini o’rganishga sarflashi, o’z kelajagining poydevorini hozirdan qo’yib borishi lozimligi ta’kidlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.