Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti matematik modelleshtirish kafedrasi dotsenti Jamol Mahmudov ayni kunlarda Ural federal universitetida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ural federal universiteti “Tabiiy fanlar va matematika” instituti nazariy va matematik fizika kafedrasining navbatdagi ilmiy seminarida olim o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

    Unda ikki tomonlama o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, olib borilayotgan samarali munosabatlar, ilmiy aloqalarni kafedralar doirasida ham kengaytirish va shu kabi bir qator masalalar muhokama markazida bo‘ldi

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.