Samarqand davlat universiteti va Oradea universiteti hamkorligi doirasida professor-o‘qituvchilar tajriba almashmoqda

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, professor Bahodirxon Safarov ayni kunlarda Ruminiyaning Oradea universitetida stajirovka o’tamoqda. Mazkur stajirovka doirasida Oradea universiteti xalqaro aloqalar bo’limi direktori Emiliya Adina, geografiya, turizm va sport fakulteti dekani Alexandru Ilies, “GeoJournal of Tourism and Geosites” jurnalining bosh muharriri Dorina Kameliya Ilies va boshqalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda SamDU raqamli iqtisodiyot kafedrasi hamda Oradea universiteti geografiya, turizm va sport fakulteti hamkorligini yanada kengaytirish, kafedra o’qitiladigan fanlarning o’quv dasturlarini ingliz tilida o’qitish bo’yicha zamonaviy o’quv dasturlarini ishlab chiqish, "Scopus" ilmiy bazasi ro'yxatiga kiradigan "GeoJournal of Tourism and Geosites" jurnalinida ilmiy maqolalar yozishda va nashr etishda hamkorlik qilish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
Bahodirxon Safarov stajirovka doirasida Oradea universiteti ta’lim jarayonlari, jumladan, kredit-modul (ECTS Europe system credit module) tizimi, eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitish metodlari bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, Oradea universiteti 1780 yilda tashkil etilgan. Unda hozirgi kunda 14 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet Ruminiyaning 10 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi, shuningdek xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarni egallaydi, masalan, "QS World University Rankings" 221-o'rinni egallagan. Oradea universitetining asosiy vazifalaridan biri - bu shaxsning ijtimoiy, kasbiy va intellektual rivojlanishi uchun milliy va xalqaro sharoitida yuqori darajadagi ta'lim va tadqiqotlarni ta'minlash, shuningdek, Oradea shahrining madaniy markazining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo'shish. Ushbu vazifalar quyidagi maqsadlar orqali amalga oshiriladi: butun dunyodan talabalarni jalb qilish, universitetni mamlakatdagi va Yevropadagi eng yaxshi ta'lim muassasalari qatoriga qo'shish, umuman ushbu universitetda bo'lib o'tgan akademik ta'lim va tadqiqotlarning qiymati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish. Oradea universiteti 39 mamlakatning 352 ta’lim muassasalari bilan aloqalar o'rnatgan. Talabalarga taqdim etiladigan o'quv va akademik ta'lim 15 fakultetda amalga oshiriladi. Bu yerda oliy ta'limning to'liq to'plami: bakalavriat, magistratura, doktorantura va aspirantura bosqichida talabalar tahsil oladi. Fakultetlarda o'quv faoliyati ilmiy izlanishlar bilan birga olib boriladi va boyitiladi. Kasbiy faoliyat va axloqiy xulq-atvor bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar oliy o'quv yurtlari xodimlarini akademik baholashning ustuvor mezoniga aylangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.