Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari boshlandi. Jarayon filologiya fakultetida erta tongdan boshlanib, qolgan fakultetlarda ham yuqori saviyada davom etdi.

    - Bugun 2 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlarimizning hosilasi bo‘lmish magistrlik dissertatsiyalarimizni himoya qilyapmiz, - deydi Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti magistri Otajon Normurodov. – Albatta, hozir menda hayajon kuchli. Xuda xohlasa muvaffaqiyatli o‘tamiz, degan umiddaman.

    - Samarqand davlat universitetida magistrlik dissertatsiyasi himoyalari juda ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda, - deydi kimyo fanlari doktori, professor Akbar Hamdamov. – Yoshlarimiz ilmiy tadqiqotlari ustida mukammal ish olib borgan. Har bir mavzu bugungi kunning dolzarb muammolarini tadqiq etishga bag‘ishlangani kishini quvontiradi. O‘ylaymanki, magistrlarimiz kelgusida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini bugungiday muvaffaqiyatli himoya qiladi hamda ilm-fanga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.