Nazariy fizika o‘zi nima? Yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib berish mumkinmi?

Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi assistenti Umida Mayinova “Magnit maydoni singish chuqurligini nazariy o‘rganish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Nazariy fizika asoslari bo‘yicha 40 ga yaqin maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Ko‘p yillardan beri “Termodinamika”, “Statistik fizika”, “Kvant mexanikasi” kabi fanlardan dars berib keladi.
– Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi, - deydi Umida Mayinova. - Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar olishdan iborat bo‘lsa, nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Oʻrganilayotgan obyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika kabilarni oʻz ichiga oladi.
Iroda Bekmurodova
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.