So’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning turli hududlarida o’rmon yong’inlari haqidagi, xususan, o’zimizning Urgut tumanida somon ortilgan yuk mashinasining yonishi kabi xabarlarga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Ushbu yong’inlar va undan chiqayotgan tutun atmosferaga qanchalik zararli? Ularni keltirib chiqaruvchi omillar aslida nimalardan iborat?

    Yer atmosferasiga sayoramiz bo’ylab kuzatilayotgan o’rmon yong’inlari juda katta tahdid solmoqda. Atrof-muhit musaffoligidan tashqari inson salomatligi ham xavf ostida qolishi esa turgan gap. Ayniqsa, so‘nggi 5 yilda iqlim ko’rsatkichlarining o’rtacha 1,1 darajaga isishi yong’in va boshqa favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarmoqdaki, keyingi 1,5 asrda ular bilan bog’liq bo’lgan jiddiy muammolar insoniyatni tashvishga solmoqda.

    Misol uchun,  Kaliforniyada 2021-yilda AQSH tarixidagi eng katta o‘rmon yong‘inlaridan biri kuzatildi. Ushbu tabiiy ofatning kelib chiqishiga ham iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lgan. Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya departamenti 2,5 million akr maydon kulga aylangani, 3629 ta binoga zarar yetgani yoki vayron bo‘lgani, jami 8619 ta holat qayd etilganini ma’lum qilgan. Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida uch nafar odamning halok bo‘lishi esa bizni befarq qoldirmasligi lozim. Umuman olganda o‘tgan yili Shimoliy Amerikadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga 83 megatonna uglerod ajralib chiqqanini bildirilgan.

    O‘rta Yer dengizining sharqiy va markaziy qismlariga yaqin mintaqalardagi mamlakatlarda iyul va avgust oylarida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan, mayda qattiq zarralar konsentratsiyasi oshib, havoning ifloslanish darajasi ko‘tarilgan. 2021-yil yozida Turkiya yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va yong‘inlarni o‘chirish uchun barcha kuchlarni safarbar etdi. O‘tgan yilning avgust oyida Turkiyaning 47 ta viloyatida 10 kun davomida jami 209 ta o‘rmon yong‘ini yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha 28-iyulda Turkiya janubi-g‘arbida boshlangan o‘rmon yong‘inlarida kamida 8 kishi halok bo‘lgan.

    O‘rmon yong‘inlari 2021-yilda Rossiyani ham chetlab o‘tmadi: avgust oyida 20 ta hududda jami 128 ta o‘rmon yong‘ini kuzatildi. Yong‘inlar 1,5 million gektardan kattaroq maydonda qayd etilgan. Olovni o‘chirishga 7000 dan ziyod o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi, shuningdek 1283 ta texnika va 27 ta samolyot jalb qilindi. Hukumat oltita hududda favqulodda holat joriy qilgan.

    O'rmon yong'inlari tabiiy ekotizimlarga jiddiy zarar yetkazadi. Iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ular biologik xilma-xillikni va ko'plab turlarning yashash joylarini, mol-mulkni va hatto odamlarning hayotini yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Deylik, 1 gektar o’rmonzorda 1 milliondan ortiq mollyuskalar 2,5 milliondan ortiq chuvalchang, 6 million dona hasharot va boshqalarning borligini e’tirof etadigan bo’lsak, o’rmon yong’inini naqadar dahshatli bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.

    O'rmon yong'inlari faqat olovdan boshlanmaydi, balki ular turli gazlar boshqa chiqindilar orqali inson salomatligiga har tomonlama jiddiy zarar yetkazadi. O'rmon yong'inlarining ko'payishini tahlil qilishda biz bir nechta jihatlarni hisobga olishimiz kerak. Ulardan biri iqlim o'zgarishi. Ob-havo sharoitining o'zgarishi bilan quruqlik tobora ko'payib bormoqda, shuning uchun yong'in tarqalishi uchun sharoit ko'proq bo'ladi. Haroratning global o'sishi va qurg'oqchilikning chastotasi va intensivligi yong'inni namlik va soyasi tufayli hech qachon kira olmagan yashil maydonlarga yetishishiga olib keladi. Hozirda hududlarda g’alla ekinlari o’rim yig’imi davom etmoqda. Shu munosabat bilan bug’doyzorlarni yong’indan asrab-avaylash va unga qarshi kurash choralarini qo’llash dolzarb masala hisoblanadi.

    Bundan tashqari ayni kunlarda yurtimizda g’alla yig’im-terim vaqti boshlanmoqda. Shunday vaqtda mas’ullardan texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

    O'rmon yong'inlari ko'payishining yana bir sababi tashlandiq va yoqilg'i bilan to'ldirilgan qishloq muhitidir. Inson katta shaharlarga qarab ko'chib, qishloq joylarini tark etdi. Bu tabiiy ekotizimlarning muvozanatsiz bo'lishiga olib keladi va bu katta o'rmon yong'inlariga olib keladigan boshqaruvning yetishmasligi va yetarli emasligi bilan bog'liq. Bu aholi yashaydigan uylar yonida ko'p miqdordagi quruq o'simliklarining to'planishiga bog'liq bo’ladi. Bundan tashqari tabiiy va sun’iy landshaftlarni yashil qoplamsiz qoldirib, ularda cho’llanish jarayonini kuchaytiradi va hokazo. Shunday qilib yuqoridagilar asosida ko’ramizki, har qanday yong’in ayniqsa o’rmon yong’inlari ona tabiatga jiddiy talofat keltiradi.

 

Ergash Qobilov, SamDU ekologiya va hayot faoliyati xavfsizlihi kafedrasi mudiri, professor,

Xidir Botirov, SamDU professori,

Sarvar Ashurmahmatov, SamDU magistri.