Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekiston xalq artisti Abdurashid Ergashevning tavallud topgan kuni.
Abdurashid Ergashev 1941-yil Qo’qon shahrida tug’ilgan. Ijodkor bugungacha ko‘plab opera san’ati vakillarini yetishtirdi. U kishi yaratgan “Samarqand” qo‘shig‘i Samarqand shahrining madhiyasiga aylangan. Olimning ko’p yillik mehnatlari yoshlarga o’rnak bo’lmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Abdurashid Ergashevni samimiy muborakbod etib, ijodiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Eslatib o’tamiz, 2021-yil Abdurashid Ergashevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati tomonidan videolavha tayyorlangan edi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi