Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti umumiy fizika kafedrasi dotsenti Rahmat Turniyozovning tavallud topgan kuni.
Rahmat Turniyozov 1947-yil Paxtachi tumanida tug’ilgan. 75 yoshni qarshi olgan olim 49 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda samarali mehnat qilib kelmoqda. Olimning ko’p yillik mehnatlari yoshlarga o’rnak bo’lmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Rahmat Turniyozovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi