Ayni paytda viloyat Matbuot uyida"Xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o'tkazish borasida tizimda olib borilayotgan ishlar haqida” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

    Anjumanni O'zbekiston Milliy axborot agentligining viloyatdagi muxbiri G'olib Hasanov kirish so'zi bilan ochdi.

    Ayni paytda Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov universitetning xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma'lumot bermoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.