Samarqand davlat universiteti bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda

Ayni paytda viloyat Matbuot uyida Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Akmal Axatov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
- Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning alohida e'tiborlari asosida universitetimizning xalqaro aloqalari jadal rivojlanmoqda, - deydi Akmal Axatov. - Xususan, so'nggi 2-3 oyda biz 30 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatdik. Bugungi kunda xorijning 190 dan ortiq yetakchi OTM lari bilan samarali va ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'ydik.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.