Hindistonlik professor Christo Ananth hozirgi kunda SamDU va Isroilning Holon texnologiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturida tahsil oluvchi talabalarga dars berib kelmoqda.

    - Samarqand davlat universitetida ingliz tilini IELTS darajasida biluvchi, mobil ilovalarni osongina yarata oladigan talabalar ko'p, - deydi Christo Ananth. - Talabalar pul topishdan ko'ra yangi narsalarni o'rganishga qiziqishi - bu ularning hali yanada kuchli bo'lishini ta'minlaydi. Men SamDU talabalariga dars berish baxtiga musharraf bo'lganimdan juda ham xursandman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.