Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda

Bugun Samarqand davlat universitetining biologiya, filologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, sport faoliyati va san’at, inson resurslarini boshqarish, raqamli texnologiyalar, fizika va metematika fakultetlarida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari bo‘lib o‘tdi.
- Bugungi dissertatsiya himoyalari juda ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda, - SamDU filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardayev. – Magistrlarimiz ikki yil davomida o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida ishlangan dissertatsiyalarini himoya qildilar. Quvonarli tomoni, ushbu dissertatsiyalar shunchaki yozilgan bo‘lmay, har biri bugungi kunning dolzarb muammo va masalalariga bag‘ishlangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.