Samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umida Bo‘tayeva psixologiya fakulteti o‘qituvchilari va talabalariga seminar o‘tdi.

    O‘qituvchi o‘tgan bir oy davomida ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashinuv doirasida Turkiyaning Istanbul universitetida bo‘lib qaytgan.

    – Turkiyaning Istanbul universiteti tarixiy maskan hisoblanib, uzoq va boy o‘tmishga ega, - deydi Umida Bo‘tayeva. – Bir oylik safar davomida universitetning psixologiya bo‘limi, tarkibiy tuzilishi, kafedralari, faoliyati va o‘quv jarayonlari bilan tanishdim. Universitet psixologiya bo‘limi adabiyot fakultetining tarkibida faoliyat yuritar ekan. Turk psixolog-o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy hamda amaliy tadqiqotlar olib boris, yangicha tahlil usullari yaratish bo‘yicha fikr va tajriba almashdik.  

    Umida Bo‘tayeva mazkur seminarda fakultet o‘qituvchi va talabalariga  ilmiy tadqiqot olib borish va ta’lim jarayonini samarali va sifatli tashkil etishda Istanbul universiteti tajribasi haqida ma’ruza qildi, tinglovchilarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.  

Shavkat Akramov olgan suratlar.