Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasiga start berildi

- Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalari (4-bosqich) o‘rtasida o‘tkaziladi.
- G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:
1-nazariy topshiriqlar;
2-amaliy topshiriqlar.
Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 18-iyun kuni soat 08:00 dan boshlanadi.
Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.