Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari Abbos Sherboyev va Doston Eshmuhammedovlarning “5-sinf geografiya darsligidan universal savol-javoblar to‘plami” nomli qo‘llanmasi nashr etildi.

    Mazkur qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktabi, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari hamda geografiya fani bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada darslikda berilgan har bir mavzuga oid bilimlarni bir necha xil usulda topshiriqlar savol-javob, yopiq test va jadvallar bilan ishlash shaklida berilgan. Savollarning mavzuli tarzda bo‘limlarga bo‘lingani foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratadi. 

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.