Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari davom etmoqda

Samarqand davlat universitetining filologiya, matematika, yuridik va inson resurslarini boshqarish fakultetlarida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasi himoyalari bo‘lib o‘tdi.
– Ayni paytda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot xavfsizligining kriptografik jihatdan himoyalanishining turli xil usullari va ahamiyati” mavzusida magistrlik ishimni muvaffaqiyatli himoya qildim, - deydi inson resurslarini boshqarish fakulteti magistri Mohigul Majidova. - Magistratura bosqichida o‘qish davomida ushbu mavzuni bir necha xil yangi yondashuvlar asosida tadqiq qilishga harakat qildim. Bugun har bir magistr 2 yillik mehnatlari samarasini ustozlar ko‘z o‘ngida namoyish qildi. Boshqacha aytganda, har birimiz bizga 2 yil davomida ishonib topshirilgan “magistratura talabasi” sharafli nomini oqladik.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.