Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi – Shimoliy Kavkaz federal universiteti Yer fanlari instituti xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari...

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining geografiya va ekologiya fakulteti bitiruvchisi Azamat Axmedov bugungi kunda o‘z faoliyatini Shimoliy Kavkaz federal universiteti Yer fanlari instituti xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida davom ettirmoqda.
Azamat Axmedov bugungi kunga qadar 20 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlarida amaliyotda bo‘lgan. U Samarqand davlat universiteti va Shimoliy Kavkaz federal universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturlari – talabalarga ikkita diplom taqdim etuvchi loyihaning koordinatori. Shuningdek, u SamDU xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.