Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Yaponiyaning Soka universiteti o'qituvchisi Nozomi Kusaka qariyb 9 oydan buyon SamDU talabalariga dars beradi. Biz o‘qituvchining Samarqand davlat universiteti bilan bog'liq fikrlari bilan qiziqdik.

    - Men Samarqandni juda yaxshi ko‘raman, - deydi Nozomi Kusaka. - Samarqandning tarixiy obidalari, go‘zal maskanlari inson ruhiga sokinlik va taskin bag‘ishlaydi. Bundan ikki yil oldin ham Samarqandda bo'lganman. O‘sha paytdan beri bu shaharni o‘zgacha muhabbat bilan qadrlayman. Bu muhabbat meni Samarqand davlat universiteti sari yetakladi. Shuning uchun bu yerni tanlaganman. Yaponlar Samarqandga judayam qiziqishadi. Ko‘pchilik O‘zbekistonni Samarqand orqali taniydi.

    Yapon talabalari og‘ir va bosiq bo'lishadi. Ular darsni so'zsiz  tinglab, aytilgan topshiriqni bajarishadi xolos. O‘zbek talabalari biroz "mahmadona" ekan.  Ular darsda ko‘p gapirishadi. Talabalar bilan aynan shu masalada ko‘p kelishmovchiliklarga uchradim. Ammo hozir bu hol muammo tug‘idirmaydi. O‘quvchilarim bilan bu masalada kelishib olganmiz. Shunday bo‘lsa ham o‘zbek talabalarda intilish juda kuchli. Ular kelajakda bilim bilan ko‘p narsalarni o‘rganishga astoydil ishonch hosil qilgan holda ilm olish, fan sirlarini egallashga harakat qiladi. Keyingi o‘quv yilida ham Samarqand davlat universitetidagi faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Shuningdek, SamDU talabalarini Yaponiyaga o‘qishga yuborish bo‘yicha talabalar almashinuvi va qo‘shma ta'lim dasturlari ishlab chiqish ustida ham ish olib boryapmiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi

Iroda Bekmurodova yozib oldi.