Oq amur haqida nimalarni bilamiz?!

Keyingi vaqtlarda foydali baliqlar juda kamayib ketganligi sababli baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini ko’paytirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Baliqlarning ko’payish joylarini himoya qilish, suv havzalarini ortiqcha chiqindi va suv o’simliklaridan tozalab turish, daryo, ko’l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqova suvlardan va neft quyilishidan qo’riqlash, qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish, turlari va sonlari kamayib ketayotgan hamda O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan baliq turlarini himoya qilish shular jumlasidandir. Respublikamiz aholisining oqsil moddalariga bo‘lgan talabini qondirishda baliq va baliq mahsulotlari muhim ahamiyatga ega.
Baliq insoniyat tomonidan qadim zamonlardan beri iste’mol qilinib kelinadi. Respublika sog’liqni saqlash vazirligining tavsiyasiga ko'ra har bir inson organizmi sog'lom rivojlanishi uchun kuniga 33 g yoki yil davomida 12 kg baliq mahsuloti iste’mol qilishi lozim. Hozirgi kunda baliqchilik xo'jaliklarida yetishtirilayotgan, tabiiy suv havzalaridan ovlanayotgan baliqlar aholi ehtiyojini to’liq qondira olmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlashda baliq ovlash va akvakulturaning o’rni katta. Baliq to’la qimmatli, oqsilga boy ozuqa obyekti hisoblanadi.
Oq amur asosan meliorativ ahamiyatga ega kanallarni yuksak suv o’tlaridan tozalab, biomeliorativ holatini yaxshilaydi, suvdagi mikroskopik suv o’tlaridan mikrorganizmlardan tozalaydi shu bilan birga baliq mahsuldorligini oshiradi bular tez o’sish yuqori darajali ser pushtlikka ega. Shu munosabat bilan o’simlikxo’r baliqlar Samarqand viloyati akvokulturasining asosiy baliqlari hisoblanadi.
Firuza Маlikova
Samarqand davlat universiteti
Biologiya fakulteti magistri