Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi dotsenti Odil Ergashev boshchiligidagi tadqiqotchilar Nurota tog‘ tizmasining Qo‘shrabod tumaniga qarashli Pangat, Qumoloqli, Minishkar, Oboy, Shova qishloqlari hududida arxeologik izlanishlar olib bordi. Izlanishlar davomida O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya instituti olimlari ham ishtirok etishdi.

    Tadqiqotlar natijasida yasalish uslubiga ko‘ra tosh davrining so‘nggi paleolit va neolit davriga tegishli bir qancha tosh buyumlar topildi.

    Shuningdek, tosh davriga oid deb taxmin qilinayotgan g‘or, buloqlar, tosh xom ashyosi to‘plangan joylar xaritalashtirildi. Kelgusida rejalashtirlayotgan tadqiqotlar O‘zbekistonning eng qadimgi davr tarixini yoritishda muhim maʼlumotlarni taqdim qilishi kutilmoqda.

     Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz…

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi