Tarjima darslik: “Fransuz tili nazariy grammatikasi”

Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Ibodulla Mirzayev atoqli tilshunos olim, professor V.G.Gakning filologiya fakulteti talabalariga mo‘ljallangan “Fransuz tili nazariy grammatikasi” darsligini (1-qism. Morfologiya) o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Ushbu darslikda fransuz nazariy grammatikasining asosiy muammolari yoritilgan bo’lib, munozarali masalalar atrofida kechgan ilmiy bahslarning mohiyati batafsil ochib berilgan. Bunda nafaqat fransuz filologiyasiga doir mumtoz asarlar, shuningdek, bu sohadagi eng yangi tadqiqotlar ham e’tiborga olingan. Grammatik hodisalar tahlili asosida vazifaviy-mazmuniy yondashuv yotadi. Leksika va grammatikaning o’zaro munosabatiga, so’z turkumlari, transpozitsiyasiga, morfologik shakl va sintaktik qurilmalarining birlamchi va ikkilamchi vazifalarini aniqlashga, fikr nazariyasiga, gapning kommunikativ va pragmatik jihatlariga, matn nazariyasi unsurlariga katta e’tibor qaratiladi. Boblar bo’yicha fransuz tilida berilgan qisqacha xulosalar va fransuz terminologik muqobillar bilan keltirilgan mufasal ko’rsatkich talablarga seminar darslariga tayyorgarlik ko’rishda hamda malakaviy-bitiruv ishlari yozishda asqotishi mumkin.
Darslik bakalavriat, magistrant, doktorant-filologlarga, professor-o’qituvchilarga hamda tilshunoslikning funksional-semantik masalalari bilan qiziqqan barcha tadqiqotchilarga mo’ljallangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati