Abdulla Oripov she’riyatida tasavvur va obraz

Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Tug'ba Yilmazning "Abdulla Oripov she'riyatida tasavvur va obraz" nomli monografiyasi nashr etildi.
Ushbu monografiyada mustaqillik davri oʻzbek adabiyotining betimsol shoirlaridan biri boʻlgan O’zbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning asarlarida boy va qadimiy, madaniy an’analar barhayot boʻlgani uchun uning asarlari tahlil qilingan. Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida keng ma’lumotlar ochib berilgan. Shoirning she’riy uslubi shakllanishida ta’siri boʻlgan mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi muhim shaxslar aniqlangan.
Abdulla Oripovning oilasi, farzandlari, nabiralari va borgan mamlakatlari she’rlariga ilhom manbayi bo‘lgan. Umri davomida ko‘plab mamlakatlarga borgan shoir o‘sha yerlar haqidagi xotiralarini ham she’rlarida bayon etgan. Bu uning dunyoqarashini kengaytirdi, adabiy ijodini oshirdi. O‘zbek madaniyatining tabiiy tashuvchisi sifatida u borgan mamlakatlarida O‘zbekistonni va o‘zbeklarni tanitish zarurligini his qilgan.
Turkiya, Istanbul, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Italiya, Rim, Jeneva, Versal, Los-Anjelos, Amerika, San-Fransisko, Meksika, Jamayka, Osako, Kioto, Yaponiya, Yevropa, Yerevan, Armaniston, Fransiya haqida sheʼrlar yozgan. Bu asarlarida shoir o‘sha mamlakatlar va shaharlar haqidagi xotiralarini so‘zlab bergan. Uning she’rlaridagi umuminsoniy mavzular, insoniy muhabbat asarlarining ko‘plab tillarga tarjima qilinishida ham muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning nazariy asoslarida Oʻzbekiston va Turkiyada yozilgan kitoblardan foydalangan holda tasavvur va obraz tushunchalari hamda ularning she’riyatda qoʻllanilishi tushuntirilgan. A. Oripovning ko‘pgina she’rlarida she’riyat tushunchasi ahamiyati, shoirning vazifalari, she’r qudratiga oid asarlari tahlil qilindi. Abdulla Oripovning oilasi, farzandlari, nabiralari, borgan davlat yurtlari, kelajakdagi xayollari haqida yozgan she’rlaridagi tasavvur unsurlari aniqlandi.
Abdulla Oripovning tabiat, qarindoshlik, tarixiy shaxslar, she’r, shoir, axloq, din, fazilat, komil inson va boshqa mavzularni oʻz ichiga olgan asarlarida obraz unsurlari aniqlanib, majoziy ma’no va semantik jihatlari dalillangan. Abdulla Oripov she’rlarining o‘ziga xosligi, poetik qudrati, ma’no olami, lug‘at boyligi va estetik kuchi ochib berilgan. Abdulla Oripov she’riyatida tasavvur va obrazlar tadqiq etilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.