Bugungi kunda maktablarda o‘qitish tizimini tubdan isloh qilish va professor-o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik mahoratini rivojlantirishda ko‘plab pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan va ular ta’lim jarayonida keng qo‘llanmoqda. Bu borada  qo‘llaniladigan metodik usullarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim hisoblanadi. Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti magistri Gulshan Egamova “Iqtidorli o’quvchilar maktablarida fizikani o‘qitishda Blumm taksanomiyasini qo’llash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ilmiy rahbari umumiy fizika kafedrasi professori Obloqul Quvondiqov.

    -O‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarining qay darajada shakllanganligini aniqlash, o‘lchash va baholash mezonlari hozirgi vaqtda ta’lim tizimining dolzarb masalalaridan biridir, - deydi tadqiqotchi Gulshan Egamova. -  Fizika fani murakkab bo‘lib, aksariyat o‘quvchilar uchun o‘zlashtirish qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun fizika fanini o‘qitish metodikasiga e’tibor ortib borayotganligi munosabati bilan xalq ta’lim vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning o‘quvchilarga chuqurroq bilim berishida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etilmoqda. Blum taksonomiyasidan butun jahonda o‘quv materiallarini va baholash mezonini tayyorlashda keng qo‘llaniladi.  Bizning mamlakatimizda ham oliy ta’lim tizimida fizikani o‘qitishda Blum taksonomiyasini qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda. Endilikdagi vazifamiz Blum taksonomiyasini maktablardagi ta’lim tizimiga xam qo‘llashdan iboratdir. Shu vazifa yuzasidan biz maktabda sinflar kesimida tajriba o‘tkazishga harakat qildik. Tajribalarda 8-sinf oʻquvchilarining 3 nafari, 10-sinf oʻquvchilarining 4 nafari mavzularni oʻzlashtira olmadi. Qolganlarining mavzularni oʻzlashtirishi mavzular ketma-ketligida oʻsib bordi. Tajriba orqali oʻquvchilarning mavzularni ketma-ketlikda oʻzlashtirish darajasi 4% dan 19% gacha oshganini kuzatdik. Demak, Blum taksonomiyasini umumiy oʻrta ta’lim tizimida qoʻllash bilan juda samarali natijalarga erishish mumkin.

    Hozirgi kunda butun dunyo olimlari  ta’lim tizimimini rivojlantirish, oʻquvchilarga bilimni turli xil metodik va metodologik usullar orqali yetkazish tizimini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Shu o'rinda ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalash, oʻquvchilar egallagan bilimini nazorat qilish va to'g'ri baholash, oʻquvchilarning fanlarni o'zlashtirishida bo'shliqlarni aniqlashda, ularni bartaraf etishga va ta'lim sifatini oshirishga pirovard natijada raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishga xizmat qiladi. Taksonomiyaning yaratilishiga ta’lim jarayoning rejalashtirilayotgan natijalarini aniq mustahkamlash zarurati turtki bo’ldi. Ta’limning hozirgi islohotlari unda qatnashayotgan  ta’lim muassalarida fanlarni o‘qitish jarayoniga Blum taksonomiyasini qo‘llash, uning ta’lim sifatiga ta’sirini aniqlash, asosda shu ta’lim sifatini oshirish imkoniyatini baholash va takliflar berishdan iborat.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati